UYEFA Yevroda Rossiya bayroqlariga taqiq qo‘ydi

UYEFA Yevroda Rossiya bayroqlariga taqiq qo‘ydi

Yakshanba kuni Serbiya va Angliya terma jamoalari Yevro-2024 ilk turi doirasida o‘zaro bahs olib borishdi.

“Uch sherlar” hujumkor yarim himoyachi Jud Bellingemning boshi bilan bergan zarbasi evaziga 1:0 hisobidagi kichik g‘alabani nishonladi.

O‘yin vaqtida stadion tribunalarida serbiyalik muxlislar bilan Rossiya bayroqlarini ko‘rish mumkin edi.

Dushanba kuni Ukraina terma jamoasi Yevropa chempionatidagi ilk o‘yinini o‘tkazdi va UEFA Rossiya bayroqlariga taqiq joriy etishga qaror qildi.

Shunday qilib, Myunxendagi stadiondagi xavfsizlik xodimlari Rossiya bayroqlarini ko‘rsalar, ularni olib ketishdi. Bu haqda Yevropa OAV xabar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!