Uchtepada sodir etilgan jinoyat Sirdaryoda xotima topdi

Uchtepada sodir etilgan jinoyat Sirdaryoda xotima topdi

18-sentyabr kuni soat 9.00 da Uchtepa tumanida 42 yoshli xorazmlik Temurbek X., Murodjon R. bilan birga "Lasetti" rusumli avtomobil ichida bo‘lganlarida, haydovchi avtomobilni kalitini qoldirib chiqqanidan foydalanib, mashinani olib qochgan. Uni qo‘lga olish bo‘yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan choralar ko‘rildi.

Avtomobil Sirdaryo tumani YHXB xodimlari tomonidan topilib, to‘xtatildi. Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi ("Transport vositasini olib qochish") bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!