Uchinchi jahon urushi boshlangan—Larri Jonson

Uchinchi jahon urushi boshlangan—Larri Jonson

Uchinchi jahon urushi allaqachon boshlangan va Amerika Qo‘shma Shtatlari uni birovning qo‘li bilan Isroil va Ukraina orqali olib bormoqda. Bu haqda Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq tahlilchisi Larri Jonson aytib o‘tdi.

“Hozir jahon urushi ketmoqda”, deydi harbiy tahlilchi.

Jonson, shuningdek, Tayvan bilan bog‘liq keskinliklar sharoitida Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi militaristik kayfiyat tahdidiga ishora qildi. Xususan, u amerikalik siyosatchilar orasida “Xitoyga hujum qilishni orzu qilganlar” ko‘pligini ta’kidladi.

Avvalroq, Jonson Ukrainaning mojaroda g‘alaba qozonish va suverenitetni saqlab qolish qobiliyati haqida gapirgach AQSh Mudofaa vaziri Lloyd Ostinni masxara qilgan edi. Uning qo‘shimcha qilishicha, Pentagon rahbari o‘z so‘zlarining ma’nosini tushunmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!