Turkmanistonga «Mercedes» mashinalarining kirishi taqiqlandi

Turkmanistonga «Mercedes» mashinalarining kirishi taqiqlandi

Ma’lum bo‘lishicha, mashinalar «qora» ro‘yxati quyidagicha tuzilgan:

har qanday «Mercedes-Benz» modellari;
«BMW» kompaniyasining 2017 yildan keyin ishlab chiqarilgan mashinalari;
«Volkswagen Caravelle», «Volkswagen Touareg V6» «Volkswagen Phaeton», «GMC Yukon Denali, XL», «Chrysler Pacifaca L», «TESLA MODEL X» avtomobillarining 2017 yildan keyin ishlab chiqarilgani;
«Toyota Granvia V», «Toyota Hiace», «Toyota Sienna», «Lexus ES» mashinalarining so‘nggi 2 yilda ishlab chiqarilgani.
Qayd etilishicha, bu mashinalar nima uchun taqiqlangani aniq emas. Ro‘yxatdagi ba’zi avtomobillar Turkmanistonda taksi sifatida keng qo‘llaniladi. 2020 yil dekabr oyida Turkmanistonda «Mercedes» va «BMW» egalari transport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkaza olmasligi aytilgandi. Bundan tashqari mamlakatda to‘q rangdagi mashinalar harakatlanishi qat’iyan man etilgandi.

https://turkmen.news/news/mercedes-banned/?fbclid=IwAR3IVUIMt2LSHG75s5pydl7GaORfMc0h0rL7V5zW1ZNQ2oGKK6qXrNVpIyw


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!