Turkmanistonda yo‘l haqi ikki baravarga oshirildi

Turkmanistonda yo‘l haqi ikki baravarga oshirildi

1 yanvardan boshlab Turkmanistonda byudjet xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va talabalar stipendiyalari 10 foizga oshdi.

Shu bilan birga, turkmen.news'ning xabar qilishicha, yangi yildan taksilar va mikroavtobuslarda narxlar ikki baravarga oshgan. Umuman, mamlakatda deyarli hamma narsaning narxi oshgan. Masalan, kuzda 240-250 manat bo‘lgan bir quti sigaretaning narxi endi 300 manatga (bozor kursi bo‘yicha taxminan 11 dollar) yetdi.

Maoshlar, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalarning o‘n foizli indeksasiyasi Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning farmoniga muvofiq amalga oshirildi. 2021 yilda Turkmanistonda eng kam ish haqi 957 manatni tashkil etadi (bozor kursi bo‘yicha taxminan 35 dollar), pensiya miqdorini belgilashning asosiy qiymati 372 manat (13,7 dollar), nafaqalarni hisoblashning asosiy qiymati 354 manat (13 dollar).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!