Turkmaniston prezidenti «Turkman alabayi» nomli yangi kitob yozdi

Turkmaniston prezidenti «Turkman alabayi» nomli yangi kitob yozdi

Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov yangi kitob yozdi, asar qahramoni — turkman alabayi (bo‘ribosar it turi)dir.

«Türkmen alabaýy» («Turkman alabayi») nomi ostida chop etilgan kitob hukumat yig‘ilishida taqdim etildi.

«Yangi asarda ming yillardan beri turkmanlarning sodiq yo‘ldoshi bo‘lib kelayotgan ushbu itlarning ahamiyati va xususiyati ochib berilgan. Bugungi yig‘ilish tugashi bilan hamma qatnashchilar kitobdan olishlari mumkin», — dedi Turkmaniston rahbari.

Berdimuhamedov yig‘ilishda alabayga atab o‘zi yozgan she’rni ham o‘qib berdi. Yig‘ilish qatnashchilaridan kitobni o‘qib, o‘z fikrlarini bildirish so‘raldi.

«Turkman alabayi» she’rining ruscha tarjimasi hukumatning «Neytralniy Turkmenistan» rusiyzabon gazetasining shanba soni birinchi sahifasida chop etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Berdimuhamedov «Alabay»gacha turkman otlari, oshxonasi, gilami, musiqasi, maqollari, sport va harbiy sohaga oid kitoblar ham yozgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!