Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov O‘zbekistonga keldi

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov O‘zbekistonga keldi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga Turkmenistan Airlines’ga tegishli Boeing 737-7GL samolyoti kelib qo‘ndi, deb xabar berdi «Novosti Tashkentskogo neba» Telegram kanali.

Ashxobod shahridan xalqaro parvozni amalga oshirgan samolyotda Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov uchib keldi. U Toshkentda 29 noyabr kuni o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo davlat rahbarlarining ikkinchi maslahat uchrashuvida ishtirok etadi.

Sammit kun tartibidan siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda mintaqaviy hamkorlikni kengaytirish masalalari o‘rin olgan.

Tomonlar, shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy xavfsizlikni ta’minlashga oid dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Uchrashuv so‘ngida yakuniy hujjat qabul qilinishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!