Turkiyadagi suv toshqinlari oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning Shanliurfa provinsiyasida to‘xtovsiz yomg‘ir tufayli suv toshqinlari sodir bo‘ldi, deya xabar berdi Anadoly.
Kasalxonani suv bosgan, maktablarda darslar to‘xtatilgan. Hozirda suv toshqinlari oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan.
Shanliurfa munisipaliteti meri Zeynel Abidin Beyazgul, «Bedarak yo‘qolganlar haqida xabarlar bor edi, ammo aniq ma’lumot yo‘q» dedi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)