Turkiyada Suriya bo‘yicha oliy darajali sammit boshlandi

Turkiyada Suriya bo‘yicha oliy darajali sammit boshlandi

27 oktyabr kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Rossiya prezidenti Vladimir Putin davlat rahbarlari ishtirokida Suriya masalasiga bag‘ishlangan sammit boshlandi.Ta’kidlash kerakki, Suriya masalasi bo‘yicha bu shakldagi uchrashuv ilk bor o‘tkazilyapti va u Istanbuldagi Vahdettin saroyida bo‘lib o‘tyapti.
 
Uchrashuvni Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘z nutqi bilan boshlab bergan.
“Qadrli do‘stlarim shaxsim, o‘lkam va millatim nomidan minnatdorlik bildiraman. Turkiyaga, Istanbulga hush keldingiz. Suriya masalasi bo‘yicha oliy darajadagi sammit munosabati bilan sizlarni yurtimda ko‘rib turganimdan mamnunman. Bizning uchrashuv tinchlik uchun vosita bo‘lishiga umid qilaman”, degan Erdo‘g‘an.
 
Ma’lum bo‘lishicha, uchrashuvning asosiy mavzulari Suriyaning Idlib viloyatidagi vaziyat, Suriyadagi siyosiy jarayonni davom ettirish, shuningdek, urushdan keyin ushbu mamlakatni qayta tiklash masalasi bo‘ladi.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!