Turkiyada Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari qo‘lga olindi

Turkiyada Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari qo‘lga olindi

Istanbulda Turkiya maxsus xizmatlari ISHIDning (Turkiya Respublikasida taqiqlangan) ikki nafar a’zosi, asli Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarosini qo‘lga oldi, deb yozadi Hurriyet. Mahalliy xavfsizlik rasmiylariga ko‘ra, qo‘lga olinganlar Istanbulda terakt uyushtirishni rejalashtirgan.

Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar istiqomat qilayotgan uyda tintuv o‘tkazilganda, polisiya kiyimi, avtomobil uchun miltillovchi chiroq, pichoq va to‘pponcha uchun g‘ilof topilgan.

Qayd etilishicha, ulardan biri hibsga olingan, ikkinchisi deportasiya qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!