Turkiyada Muhammad al-Xorazmiy sharafiga haykal o‘rnatildi

Turkiyada Muhammad al-Xorazmiy sharafiga haykal o‘rnatildi

3 mart kuni Anqarada buyuk matematik, algebra fanining asoschisi Muhammad al-Xorazmiy yodgorligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Dunyo» AA.

Yodgorlikning o‘rnatilishi «Xiva — turkiy dunyoning madaniyat poytaxti» xalqaro dasturi doirasida amalga oshirildi.

Ochilish marosimida Turkiyaga amaliy tashrif bilan kelgan Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermonov ham ishtirok etdi.

Mazkur haykal Anqara shahrining Kechio‘ren tumanidagi mashhur bog‘lardan biri — «Jo‘ka vodiysi» (Ihlamur Vadisi») hududida o‘rnatildi. 

Yodgorlikning rasmiy ochilish marosimidan so‘ng, o‘zbek milliy kiyimlari ko‘rgazmasi va «Mendirman Jaloliddin» filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi. 
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!