Turkiyada masjidlar qayta ochildi (+foto)

Turkiyada masjidlar qayta ochildi (+foto)

29 may kuni Turkiyada koronavirus pandemiyasi sababli yopilgan masjidlar 74 kundan keyin qayta ochildi. Masjidlarga keluvchilardan bir qator karantin qoidalariga amal qilish iltimos qilingan.

“Masjidlarimiz eshiklari 2,5 oylik to‘xtashdan keyin biz birga ado etayotgan juma namozi uchun qayta ochildi”, deb aytgan diniy ishlar boshqarmasi rahbari Ali Erbash.

U 5 mingga yaqin kishi yig‘ilgan Istanbuldagi Fotiha masjidida qisqacha ma’ruza o‘qigan. Ayollar uchun ichki hovlida alohida joy hozirlangan. Namoz vaqtida ijtimoiy masofaga rioya qilish zarurligi eslatib turilgan.

Turkiyada masjidlar qayta ochildi (+foto)

Foto: EPA

Boshqarmaning ma’lum qilinishicha, masjidlar ichida bir qator cheklovlar saqlanib qoladi. Jumladan, ayni vaqtda katta hovliga va ochiq maydonlarga ega masjidlargina ochilgan. 

Birinchi bosqichda asr va juma namozlarini ado etishga ruxsat berilgan. Masjidga keluvchilar o‘zlari bilan joynamoz olib kelishlari yoki masjidning o‘zida bir marotabalik joynamozlar olishlari hamda himoya niqoblarida bo‘lishlari shart.

Ta’kidlanishicha, ba’zi masjidlarda xavfsizlik choralariga rioya qilinishi ortidan dron yordamida kuzatilgan.

Turkiya  1 iyundan mamlakatda shaharlaro safarlarga cheklov bekor qilinadi, kafe va muzeylar ochiladi. Shuningdek, xavfsizlik choralariga amal qilgan holda plyajlar, qo‘riqhonalar va bog‘larga tashrif buyurishga ruxsat beriladi.

Turkiyada masjidlar qayta ochildi (+foto)

Turkiyada masjidlar qayta ochildi (+foto)

 

Turkiyada masjidlar qayta ochildi (+foto)

Turkiyada masjidlar qayta ochildi (+foto)

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!