Turkiyada konstitusiya yangilanishi mumkin

Turkiyada konstitusiya yangilanishi mumkin

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakatda yangi konstitusiya qabul qilinishi mumkinligini aytdi. Bu haqda Anado‘lu agentligi xabar bermoqda.

"Ehtimol, Turkiyada yangi konstitusiyani qabul qilishni yana muhokama qilish vaqti kelgandir", -dedi u respublika vazirlar mahkamasi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha.

"Agarda Xalq alyansi bo‘yicha hamkorimiz bilan murosaga kelsak, yaqin davrda yangi konstitusiya bo‘yicha choralar qabul qilishimiz mumkin", -deya qo‘shimcha qildi Turkiya rahbari.

Erdo‘g‘anning ta’kidlashicha, yangi konstitusiya ustidagi ishlar shaffof olib borilishi, yakuniy matn esa xalq e’tiboriga havola qilinishi lozim.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!