Turkiyada karantin cheklovlari yumshatila boshlanadi

Turkiyada  karantin cheklovlari yumshatila boshlanadi

 

Ayni vaqtda Turkiyada ish kunlari soat 21dan 5gacha hamda juma soat 21dan dushanba soat 5gacha komendantlik soati amal qilib kelmoqda. Bundan tashqari, niqob taqish va ijtimoiy masofaga amal qilish shart qilib belgilangan. Restoranlar, kafelar, tungi klublar va boshqa ko‘ngilochar joylar yopilgan.

“Koronavirusga qarshi kurash sur’atlari va muvaffaqiyatlarimizni hisobga olib, mart oyidan boshlab sekin-asta cheklovlarni bekor qilishni boshlaymiz. Biz hududlarni to‘rt toifaga – yuqori, qoniqarli, o‘rta va past xavfga ega hududlarga bo‘lib chiqamiz. Bu toifalar bo‘yicha har bir viloyatda dam olish kunlari komendantlik soatini bekor qilishdan boshlab alohida yechimlar qabul qilinadi”, deb aytgan Erdo‘g‘an jurnalistlarga. 

Turkiya yetakchisi yaqin kunlarda restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalari ochilishi bo‘yicha yo‘l xaritasi e’lon qilinishini qo‘shimcha qilgan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!