Turkiyada hofizi Qur’onlar soni 150 mingtaga yetdi

Turkiyada hofizi Qur’onlar soni 150 mingtaga yetdi

Turkiya Diniy ishlari boshqarmasi Qur’on tadqiqotlari va qiroati qo‘mitasi rahbari Hofiz Usmon Shohinning ma’lum qilishicha, shu kunlarda Diniy boshqarma tomonidan rasman ro‘yxatdan o‘tgan qorilarning umumiy soni 150 mingtani tashkil etmoqda. Bu haqda Anadolu Ajansı axborot agentligi xabar bermoqda.

Kuni kecha Malatiyada Qur’oni karimni to‘liq yod olgan 105 nafar hofizlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda so‘z olgan shahar voliysi Oydin Barush hofizi Qur’onlarning qadr-qimmati har doim yuksak ekanini va bundan keyin ham shunday bo‘lishini e’tirof qilgan.

O‘z navbatida, Hofiz Usmon Shohin: Qur’oni karimni yodlash, qalbimizga joylashtirish bilan ish bitmaydi. Bu yo‘ldagi ikkinchi qadam uni tushunishdan iborat. Keyingisi uni hayotga tadbiq etishdan iborat. Chunki Qur’oni karim faqatgina o‘qilsin, tushunilsin deb emas, balki hayotimizni unga muvofiq tarzda yashashimiz uchun yuborilgan kitobdir , dedi yig‘ilishda. Tadbir yakunida barcha hofizi Qur’onlarga muvaffaqiyatlar tilab, hadyalar ulashildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!