Turkiya va Saudiya Arabistoni yetakchilari uchrashishdi

Turkiya va Saudiya Arabistoni yetakchilari uchrashishdi

Turkiya va Saudiya Arabistoni hamkorlikning yangi davrini boshlashga kelishib oldi. Bu haqda Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud Anqarada bo‘lib o‘tgan muzokara yakuni bo‘yicha tarqatilgan bayonotda aytilgan.

“Muzokara chog‘ida ikki tomonlama munosabat, jumladan, siyosiy, iqtisodiy, harbiy, mudofaa va madaniyat sohalarini ham qo‘shib aytganda, yangi davrni qat’iyat bilan boshlashga kelishib olindi. Tomonlar energetika, xususan, neft-kimyo va neftni qayta ishlash sohalarida hamkorlik qilish istagini bildirdilar”, deyiladi bayonotda.
Erdog‘an aprel oyi oxirida 2017 yildan buyon ilk rasmiy ziyorat bilan Saudiya Arabistoniga tashrif buyurgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!