Turkiya koronavirus tarqalishining eng yuqori darajasidan o‘tdi  

Turkiya koronavirus tarqalishining eng yuqori darajasidan o‘tdi  

Turkiya koronavirus epidemiyasining eng yuqori darajasidan o‘tdi. Mamlakatda ayni vaqtda koronavirusdan vafot etish bo‘yicha Yevropada eng past ko‘rsatkich qayd qilinib, virusga chalinganlarning 6 foizini shifokorlar tashkil etmoqda.    

Bu haqda sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib Milliyet nashri xabar berdi. 

“Turkiyada koronavirusdan o‘lim darajasi Yevropada eng past hisoblanadi. Mamlakatda pandemiyaning eng yuqori darajasidan o‘tildi. Cheklovlarga amal qilinsa, may oxirigacha bemorlar o‘sishi kutilmayapti”, deb aytgan Turkiya sog‘liqni saqlash vaziri Fahriddin Xo‘ja.

Vazirning ta’kidlashicha, mamlakat bo‘yicha virusga chalinganlarning 60 foizi Istanbulda yashaydi va 20 mln kishilik megapolisda koronavirus tarqalishi to‘xtatilgani hukumatning katta muvaffaqiyati hisoblanadi.  

Turkiyada koronavirusga chalinish bo‘yicha birinchi holat 10 martda ma’lum qilingandi, 24 aprelda esa virusga chalinganlar soni 100 mingdan oshgandi.
 
Shuningdek, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an may bayramlariga mamlakatda komendantlik soati e’lon qildi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, Turkiyada koronavirusga chalinganlar soni 117 mingdan ko‘proqni, undan vafot etganlar soni 3081 nafarni tashkil qilmoqda. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!