Turkish Airlines “Istanbul-Buxoro” parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

A A A
Turkish Airlines “Istanbul-Buxoro” parvozlarni yo‘lga qo‘ydi

Turkish Airlines aviakompaniyasi Istanbuldan Buxoroga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

7 iyun kuni ertalab Turkish Airlines samolyoti Buxoro aeroportiga kelib qo‘ndi.

“Istanbul – Buxoro – Istanbul” yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar haftaning seshanba va juma kunlari bajariladi.

O‘zbekiston va Turkiya shaharlari o‘rtasida amalga oshirilayotgan muntazam aviaqatnovlar soni 56 taga yetdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!