To‘qayev Qozog‘istonda loukosterlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

To‘qayev Qozog‘istonda loukosterlarni ko‘paytirish bo‘yicha topshiriq berdi

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 13 iyun kuni turizmni rivojlantirish bo‘yicha “mamlakat tarixidagi eng keng ko‘lamli yig‘ilish”ni o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Zakon.kz.

Nashrning yozishicha, To‘qayev Qozog‘istonda sayyohlar sonini kelgusi 5 yil ichida 2-3 barobarga oshirish vazifasini qo‘ygan.

“Ommabop yo‘nalishlarda loukosterlarning mavjudligini kengaytirish kerak. Hozir Qozog‘istondagi yo‘lovchi aviatashuvlarida ularning ulushi bor-yo‘g‘i 21 foizni tashkil etadi. Taqqoslash uchun, Gruziya va Ozarboyjonda bu ko‘rsatkich mos ravishda 56 foiz va 37 foizni tashkil etadi”, – degan To‘qayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, turizm sohasining Qozog‘iston iqtisodiyotidagi ulushi oxirgi 4 yilda 3,7 foizdan 3,2 foizgacha kamayib ketgan. Qozog‘iston prezidenti yig‘ilishda sohani isloh qilish uchun ustuvor yo‘nalishlarni sanab o‘tgan.

“Vazirlar Mahkamasi hokimliklar bilan birga kurort zonalarning muhandislik infratuzilmasi bilan ta’minlanganlik holati bo‘yicha taftish o‘tkazishi kerak. Turistik manzillarni muhandislik infratuzilmasi, xususan elektr energiyasi, kanalizasiya, tozalash inshootlari, ichimlik suvi va kirish yo‘laklari bilan ta’minlash uchun alohida byudjet dasturi ishlab chiqish zarur”, – degan Qosim-Jo‘mart To‘qayev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!