Tuproq sho‘rlanishini oldini olish yo‘lidagi yana bir qadam

Tuproq sho‘rlanishini oldini olish yo‘lidagi yana bir qadam

Kuni kecha, Qishloq xo‘jaligi vazirligi mas’ullari Sho‘rlanish sharoitida bio-dehqonchilik xalqaro markazi (ICBA) guruh rahbari Dr. Dionysia Angeliki Lyra bilan uchrashdi.

Unda O‘zbekistonda sho‘rlanishdan zarar ko‘rgan hududlarda tuproq va suvni boshqarish hamda sharoitga mos ekinlar ekish borasida fermerlar va soha mutaxassislari, ilmiy izlanuvchi tadqiqotchilarning kasbiy tajribasi va salohiyatini oshirish masalasi muhokama qilindi.

O‘z navbatida, Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida qishloq xo‘jaligida sho‘rlangan yerlarni oldini olishga qaratilgan “O‘zbekistonda sho‘rlanishdan zarar ko‘rgan hududlarda tuproq va suvni boshqarish hamda tuzga chidamli ekinlar ekish” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunida, mazkur loyiha doirasida Qashqadaryo viloyati hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida klaster, fermer va dehqon xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda tegishli korxona va tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘quv-seminarini tashkil etishga kelishib olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!