Tryudo yahudiylardan uzr so‘radi

Tryudo yahudiylardan uzr so‘radi

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo 1939 yilda fashistlar Germaniyasidan qochgan yahudiylar kemasi mamlakatga kiritilmagani uchun uzr so‘radi.

U buni payshanba kuni Kanada parlamentida so‘zlagan nutqida aytdi.

Tryudo parlamentidagi so‘zida 1939 yilda ichida 907 fashistlar Germaniyasidan qochgan yahudiylar bo‘lgan kemani mamlakatga kiritilmagani uchun xijolatda ekanini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘sha paytdagi Kanada rahbarlari yahudiylarga yashirin adovatlari bo‘lgani uchun qonunlardan foydalangan.

Kanadadan tashqari ularni Kuba va AQSh ham rad etgan. Ular qabul qilinmagach Yevropaga qaytishga majbur bo‘lishgan va bu 250 nafar kemadagi yahudiyning o‘limiga olib kelgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!