Trampning qaysi davlat banklarida hisobraqami bor?

Trampning qaysi davlat banklarida hisobraqami bor?

The New York Times gazetasi AQSh prezidenti Donald Trampning Buyuk Britaniya, Irlandiya va Xitoyda hisobraqamlari borligini aniqladi.

Hujjatlarga ko‘ra, Xitoydagi hisobraqamni Trump International Hotel Management LLC kompaniyasi nazorat qiladi. Kompaniya 2013 yildan 2015 yilgacha 188 ming dollar soliq to‘lagan.

Tashkilot yuristi Alan Gartenning izoh berishicha, kompaniya Xitoy bankidagi hisobraqamini biznes yuritish qulay bo‘lishi uchun ochgan. Tramp prezidentlik kampaniyasiga qadar bu mamlakatda mehmonxonalar ochishni mo‘ljallagan, ammo keyinchalik loyiha muzlatilgan. 

 "2015 yildan buyon birorta ham kelishuv tuzilmagan, pul o‘tkazmalari amalga oshirilmagan, ofis ishlamayapti. Bank hisobraqami yopilmagan bo‘lsa-da, undan foydalanilmayapti", — deb qo‘shimcha qilgan yurist.

Shu bilan birga, Xitoydagi bir nechta korxona Tramp tashkilotiga tegishli. Birgina THC China Development korxonasi 2017 yilda 17 million dollardan ortiq daromad keltirgan.

Tramp avvalroq AQSh prezidenti saylovidagi raqobatchisi Jozef Baydenni Xitoyga yon bosishda ayblagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!