Trampning «g‘alaba resepti» nima? Tahlilchilar javob berdi

Trampning «g‘alaba resepti» nima? Tahlilchilar javob berdi

AQShda 5 noyabr kuni bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi natijasi rasman e’lon qilinmagan bo‘lsa-da, g‘olib nomi allaqachon ma’lum: respublikachilar nomzodi Donald Tramp demokratlar vakili Kamala Harrisni sezilarli farq evaziga yutdi. 2017-2021 yillarda Qo‘shma Shtatlarga rahbarlik qilgan Tramp yana Oq uyga qaytmoqda.

Prezidentligi davrida ikki marta impichment e’lon qilingan, saylovga qadar ham bir qator jinoyatlarda ayblanib tergovga tortilgan Tramp qay tariqa g‘alabaga erishdi? AQSh elektorati nega «demokratiya uchun xatar» deb atalgan siyosatchiga ovoz berdi? Trampning «g‘alaba resepti» nima o‘zi? O‘zbekistonlik tahlilchilar ijtimoiy tarmoqlarda shu kabi savollar yuzasidan mulohazalari bilan bo‘lishmoqda.

«Quloq bekorga qurbon bo‘lmaydigan bo‘ldi. Fitna nazariyasi baribir har doim foyda beradi. Odamlar hozircha shoumenlarga ishonishda davom yetmoqda. Erdo‘g‘on bilan ham shunday bo‘lgandi. Turkiya iqtisodiyoti chuqur tomon ketayotgan, migrasiya muammosi jiddiylashayotganiga qaramay turklar Erdo‘g‘onning populizmiga ishondi. Amerikaliklarda ham ahvol shu. Grover Klivlend (AQShga 1885-1889 va 1893—1897 yillarda prezidentlik qilgan siyosatchi nazarda tutilmoqda – tahr.) rekordini takrorlagan shoumen Tramp keyingi 4 yilda Yer sayyorasidagi global voqealarning asosiy me’mori bo‘ladi»,deb yozdi tahlilchi Muhammadqodir Sobirov.

Harvard biznes maktabida fan doktori ilmiy darajasini olgan taniqli iqtisodchi Botir Qobilov fikricha, saylovchilar uchun iqtisodiy ko‘rsatkichlar, xususan, inflyasiya muhim omil bo‘ldi.

«Bu yil ovoz beruvchi amerikaliklar uchun nafaqat iqtisodiyot, balki aynan uning bir ko‘rsatkichi – inflyasiya muhim edi. Soddalashtirish uchun: «Do‘kondagi tuxum, restorandagi gamburger va zapravkadagi benzin narxlari hozirda 4-5 yilga qaraganda qimmatroq edi, u paytda D.Tramp prezident edi, narxlar amaldagi administrasiya davrida oshdi, biz narxlarni yana o‘sha arzon paytiga qaytishni xohlaymiz» degan saylovchilar Trampni sayladilar. Biroq, jumboq shundan iboratki, Trampning iqtisodiy siyosati narxlarni, inflyasiyani yanada to‘g‘ridan-to‘g‘ri oshirishi kutiladi. Harris lageri ham mana shunga yetarlicha urg‘u bermadi deb o‘ylayman», deydi B.Qobilov.

Ekspertga ko‘ra, aslida hozirda AQSh iqtisodiyoti har qachongidan kuchliroq, ishsizlik ko‘rsatkichi tarixiy minimumda, inflyasiya darajasi ham 2 foizga yaqinlashib qolgan, mehnat samaradorligi va boshqa ko‘rsatkichlar bo‘yicha ham AQSh iqtisodiyoti boshqa rivojlangan mamlakatlarnikiga qaraganda ancha barqaror. Bu ko‘rsatkichlar Bayden prezidentligi paytida bo‘ldi. Ammo saylovchilar bu jihatga chuqur e’tibor qaratmagan.

Sharqiy Angliya universiteti professori Sherzod Mo‘minov Trampning g‘alabasi ko‘pchilik liberal va so‘lchilar uchun kutilmagan hodisa bo‘lgani, ammo uning Oq uyga kelishidan xursand bo‘layotgan davlat rahbarlari ham borligini qayd etgan.

«Ochiqcha chiqish qilmasa-da, ba’zi davlat rahbarlari chapak chalib, shampan shishalarini ochayotgani aniq. Bularning kimligini bilish qiyin emas – AQSh kuchsizlashuvidan, G‘arb davlatlari orasida kelishmovchiliklardan manfaatdor davlatlar. Yevropani ichidan yemirishga harakat qilib kelayotganlar, masalan, Vengriya rahbari Viktor Orban va unga xayrixohlar, Britaniyani YEIdan olib chiqishga katta hissa qo‘shgan, hozirda esa Trampning oldida dumini likillatib yurgan Nayjel Faraj»,deya mulohazalari bilan o‘rtoqlashgan SH.Mo‘minov.

Mutaxassis Tramp tashqi siyosatidan Ukraina eng katta aziyat chekishi mumkinligi, respublikachi va’dasiga sodiq qolib AQShdagi noqonuniy immigrantlarni yoppasiga deportasiya qilish haqida qaror qabul qilgudek bo‘lsa, millionlab immigrantlarning sho‘ri qurishini qayd etgan.

«Oldin ko‘p o‘ylar edim, nega Putinni O‘zbekistonda yaxshi ko‘rishadi deb. Har qanday ijtimoiy qatlam, yosh, kelib chiqish, ta’lim darajasi va daromad bo‘yicha kesimda Putinga nisbatan simpatiyasi bor o‘zbeklarni ko‘p uchratgan edim. Fikrimcha, bu rus propagandasi oqibatlaridan biri edi. Shu kunlarda, xuddi shunday savolni Tramp haqida bersa bo‘ladi. Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘p o‘zbeklar Trampni qo‘llashlari haqida yozishmoqda va bir birlarini hatto g‘alaba bilan tabriklashmoqda. AQShdagi o‘zbeklar ham, AQShga borib qolish xavfi bo‘lmagan o‘zbeklar ham shunday. Bu masalada ham biror bir tushuntiruvchi umumiy maxraj yo‘qdek. Taajjubli, albatta. Buning sababini bila olmadim, boshqa AQSh prezidentini bunchalar qo‘llashganini eslay olmadim»,deya taajjub bildirdi Viskonsin universiteti (AQSh) doktoranti, iqtisodchi Behzod Hoshimov.

Bi-Bi-Si jurnalisti Ibrat Safo fikricha, AQShdagi saylovda eng katta g‘olib feyk nyus bo‘ldi.

«Immigrasiya muammosi bor, lekin soxta xabarlarda ularning olabo‘jisi bo‘rttirildi. Tvitterda millionlab amerikaliklar ulashgan videoda go‘yoki gaitilik migrantlar Harris tufayli bir nechta feyk hujjatlarni qo‘lga kiritib, unga bir necha marta ovoz berganlarini aytishadi. Bu video feyk ekani tezda isbotlansa-da, Ilon Mask uni olib tashlamadi va o‘zi ham odamlarni noqonuniy migrantlar bilan qo‘rqitishda davom etti. Britaniyada Breksit ham feyk xabarlar yordamida yuz bergandi. Demak, endi insoniyatga farqi yo‘q – u o‘zi istagan narsaga ishonadi»,deb yozdi u.

I.Safoga ko‘ra, Trampning saylanishi ko‘plab davlatlardagi siyosiy axloqqa katta ta’sir qiladi, «avtoritarlik va nepotizm yaxshi, o‘z farzandlaringga lavozim berish to‘g‘ri, tanish-bilishchilik afzal, hatto jinoyat ham ma’qul, ayollarga tegajoqlik norma, demokratiya eskirdi» degan mujda yetkazadi.

Siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov Trampning g‘alabasida qadriyatlar omili ham muhim o‘rin tutgan deb hisoblaydi.

«Nima uchun Donald Trampning vaziyati amerikaliklar nuqtai nazaridan qulayroq desak, chunki Kamala Harris bu – so‘l siyosatchi, insonlarni teng ko‘rish kerakligini ta’kidlaydi. Demokratlarning asosiy qadriyati tenglik – musulmonlar bilan amerikaliklar, oqlar bilan qoralar teng.

Respublikachilarning asosiy qadriyati esa o‘zlik. Donald Tramp aytyaptiki, «Mana, migrantlarga eshik ochildi, sizlarning ish o‘rinlaringizni olib qo‘ydi, oyliklaringiz tushib boraveradi, men hokimiyatga kelsam, migrantlarga eshikni yopaman», deydi.

Evropada ham xuddi shu tendensiya kuzatilmoqda. Ya’ni «Men sizlarni himoya qilaman» deyish va boshqalarga qarshi turishimiz kerak, degan pozisiya kafolatlangan g‘alaba resepti hisoblanadi»,deydi K.Rabbimov.

Jurnalist Shuhrat Shokirjonov esa demokratlar va respublikachilarning G‘azo sektoridagi qirg‘inbarot urush borasidagi farqli yondashuviga e’tibor qaratgan.

«Bizdagi juda ko‘pchilik Tramp G‘azodagi urushni to‘xtatadi, degan fikrda. Bu mening shaxsiy kuzatishlarim. Bayden administrasiyasini esa ko‘pchilik o‘sha qirg‘inbarot urushning homiysi deb biladi, shuning uchun ularning yutqazganidan xursand.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Saudiya Arabistoni xazina topdi, neft konlarida «oq oltin» aniqlandi

Бу қиролликнинг нефтга бой иқтисодиёти учун нимани англатади?

Rossiya olti davlat elchixonalariga hujum qildi

Киевда Россиянинг ракета ҳужуми натижасида олтита хорижий элчихона зарар кўрди, деди Украина Ташқи ишлар вазирлиги матбуот котиби Георгий Тихи.

Dollarning so‘mga nisbatan yangi qiymati ma’lum bo‘ldi

Марказий банк хорижий валюталарнинг ўзбек сўмига нисбатан 23 декабрда амалда бўладиган қийматини эълон қилди.

«Endi juda qiyin bo‘ladi»: Kilian Mbappe Lionel Messi tajribasidan so‘ng Krishtianu Ronaldu bilan o‘ynay olmaganidan afsusdaligini aytdi

Килиан Мбаппе «Реал Мадрид» афсонаси Криштиану Роналду билан кийиниш хонасини баҳам кўра олмаслигидан афсусда.

Britaniya rekord miqdordagi askarini yo‘qotdi

Буюк Британия қуролли кучларининг сони оммавий ихтиёрий ишдан бўшатишлар фонида - иш ҳақи рекорд даражада ошганига қарамай, қисқаришда давом этмоқда.

Rossiyaliklar "Humo arena" bo‘yicha shikoyat qilishdi

22 декабрь куни Тошкент шаҳридаги "Ҳумо арена" мажмуасида хоккей бўйича КХЛ доирасидаги "Динамо" Минск ва "Спартак" Москва жамоалари ўртасидаги ўйин ўтказилганди.

Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi kutilmoqda

Бу ҳақда "Ўзгидромет" хабар берди.

O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi faoliyatini yurtimizda davom ettiradi

Ўзбекистон терма жамоаси футболчиси Умар Эшмуродов фаолиятини яна юртимизда давом эттириши мумкин.

Ertaga, 22 dekabr kuni yurtimiz bo‘ylab kutilayotgan ob-havo ma’lumoti bilan tanishing

Бу ҳақда Ўзбекистон Республикаси Гидрометеорология хизмати агентлиги хабар берди.

AQSh Ukrainaning Rossiya hujumini to‘xtata olmasligini e’lon qildi

Украина Россиянинг олға силжишини тўхтатишга қодир эмас, бу ҳақиқат. Бу ҳақда америкалик разведканинг собиқ ходими Скотт Риттер YouTube'даги i Judging Freedom каналида айтиб ўтди.

Qattiq sovuq qachon chekinishi ma’lum qilindi

Ёғиб ўтган қордан сўнг Ўзбекистон ҳудудининг катта қисмида қор қоплами ҳосил бўлди. Бугун эрталаб ҳаво ҳарорати 8-13 даража совуққача, айрим жойларда 15 даража совуққача, энг чекка жанубда 4-6 даража совуққача пасайди.

O‘zbekistonga yana qorli sovuq havo kirib kelmoqda

20-22 декабрь кунлари Ўзбекистон ҳудудига нам ва совуқ ҳаво массалари кириб келиши кутилмоқда. Баъзи жойларда ёғингарчилик (ёмғир, қор) кузатилади, тоғ олди ва тоғли ҳудудларда кучли бўлиши мумкин.

Erkinjon Turdimovning yangi ish joyi ma’lum bo‘ldi

Самарқанд вилояти ҳокими лавозимидан озод этилган Эркинжон Турдимов Президент Администрациясига ишга ўтказилади.

Yurtimizga qachon qor yog‘adi?

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Havo harorati -8 darajagacha tushishi kutilmoqda

Бу ҳақда Ўзгидромет хабар берди.

Uchinchi jahon urushi aynan qayerda boshlanishi aytildi

Кремл бир неча бор рус диаспорасини ҳимоя қилиш баҳонасида ҳарбий ҳаракатларни бошлаган. Грузия, Молдова ва Украинада шундай бўлган.

Davron Fayziyev yangi Futbol TV telekanali haqida ma’lumot berdi

Журналист, шарҳловчи Даврон Файзиев юртимизда янги очилиши кутилаётган Futbol TV телеканали ҳақида билган маълумотлари билан ўртоқлашди.

Ozarboyjon hukumatidagi manbalar Azerbaijan Airlines samolyoti Rossiya raketasi bilan urib tushirilganini tasdiqladi — Euronews

Актаудаги самолёт ҳалокатига Россиянинг “ер-ҳаво” таснифидаги ракетаси сабаб бўлган.

Ozarbayjon samolyoti Qozog‘istonga yetib bormay guvohlarsiz yo‘q bo‘lib ketishi maqsad qilingan

Озарбайжон самолёти Панцирь ҳаво мудофаа тизими орқали зарба берилган.

Oston O‘runovga 2 million dollarlik yangi shartnoma taklif qilinadi

Ҳозирда Эроннинг "Персеполис" клуби шарафини ҳимоя қилаётган ҳамюртимиз Остон Ўрунов жамоа билан янги шартнома имзолаши мумкин.

Xitoyning oltinchi avlod yangi qiruvchi samolyoti

Хитой ўзининг олтинчи авлод янги қирувчи самолётини илк бор синовдан ўтказди.

Bugun Kamol Advan kasalxonasiga qilingan hujumlarning 5-kuni

Ғарбий Соҳилда босқинчилар фаластинликларни оммавий ҳибсга олишмоқда. Ой бошидан буён 495 киши ҳибсга олинган. Ал-Халилдаги назорат-ўтказиш пунктига ҳужум уюштирилди, бир аскар оғир яраланди.

Ozarbayjon havo yo‘llari samolyoti Rossiya raketasi bilan urib tushirilgani isbotlandimi?

Озарбайжон ҳаво йўллари самолётининг Ақтауда қулашига Россиянинг “ер-ҳаво” тоифали ракетаси сабаб бўлган. Бу ҳақда Euronews, Reuters ва бошқа ОАВ Озарбайжон ҳукуматидаги манбаларга таяниб хабар берди.

Mahmud Abbos rejimi G‘arbiy Sohilda Al-Jazira kanalini taqiqladi

Бу ҳаракат Аббос режимининг Женинга ҳужуми пайтида Ал-Жазира "нифоқ уруғини сепмоқда ва ички низоларни қўзғатмоқда" деган айбловлар фонида амалга оширилди.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi: 24 soat ichida 20 dan ortiq falastinlik halok bo‘ldi

Бу ҳақда Фаластин анклавининг Соғлиқни сақлаш вазирлиги баёнот берди.

Qozog‘istondagi aviahalokatda qancha odam qurbon bo‘lgani aytildi

Қозоғистоннинг Ақтау шаҳри яқинида Embraer 190 ҳалокати 38 кишининг ҳаётига зомин бўлди.

Moskva Kishinyovga tahdid qildi

Кишинев томонидан Днестрбўйи электр стансиясини зўрлик билан босиб олиниши Европада оғир оқибатларга ва беқарорликка олиб келади.

AQSh G‘azodagi sulh, yordam haqida gapiradi, ammo Isroilning ochlik siyosatini e’tiborsiz qoldiradi

Байден Нетаняхуга Ғазода хоҳлаган ишини қилиши учун "бўш чек" берганга ўхшайди.

Sudandagi vabo epidemiyasi

Суданда вабо эпидемияси қурбонлари сони 1258 кишига етди.

Ukraina urushning yana bir qishini o‘tkazmoqda

Россиянинг Украина энергетика инфратузилмасига ҳужумлари шу йилнинг баҳоридан бошлаб кучайди.

Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev va Putinga hamdardlik bildirdi

Давлатимиз раҳбари барча жароҳат олганлар тез фурсатда соғайиб кетишларини тилади.

Paragvayda 57 tonna marixuana musodara qilindi

Бу ҳақда мамлакат президенти Сантьяго Пенья ижтимоий тармоғидаги саҳифасида маълум қилган.

Isroil armiyasi Yamandan otilgan raketani tutib olgani haqida xabar berdi

Бу ҳақда Исроил мудофаа кучлари матбуот хизмати маълум қилди.

Myunxenda qariyalar uyi yonib ketdi

Бу ҳақда Билд хабар бермоқда .

BMT: Dunyoda och odamlar soni ortib bormoqda

Бой давлатлар халқаро ташкилотларни молиялаштиришни қисқартирар экан, дунёда оч одамлар сони ортиб бормоқда.

O‘zbekistonda avtomobil davlat raqami salkam 1 milliard so‘mga sotildi

Авторақамлар онлайн аукционида сотувга қўйилган 01 888 BBB авторақами 965 миллион 250 минг сўмга сотилди.

Jahondagi eng yirik avtomobil yetkazib beruvchisi ma’lum qilindi

Европа Иттифоқи томонидан электромобилларга бож жорий этилишига қарамай, Хитой 2025 йилда жаҳон бозорида энг йирик автомобил етказиб берувчиси бўлиб қолади.

Ukraina Rossiyaning birinchi 1 mlrd dollarini oldi

Бу АҚШ G7 ташаббуси доирасида Россия активларидан фойдаланиш орқали ажратишга тайёр бўлган режалаштирилган 20 миллиард долларнинг биринчи траншидир.

Rossiya va Xitoy mudofaa xarajatlarini 50 foizga oshirdi – biz esa changda qolib ketibmiz — Daily Express

Нашрнинг ёзишича, янги тадқиқотлар шуни кўрсатдики, Буюк Британиянинг душманлари ҳарбий харажатларни кўпайтирмоқда, аммо Буюк Британия мудофаа учун ЯИМнинг 2,5 фоизини таъминлай олмаяпти.

Rossiyada 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi yonib ketdi

Россия Федерациясининг Татаристон бўйича Фавқулодда вазиятлар вазирлиги маълумотлаига кўра, жорий йил 24 декабрь эрталаб соат 3:00 ларда Татаристон Республикасида Елабуга муниципал туманида жойлашган «МИР» чорвачилик фермасининг иншоотида ёнғин содир бўлган.