Trampdan Fransiyani tinch qo‘yish talab qilindi

Trampdan Fransiyani tinch qo‘yish talab qilindi

Fransiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Jan-Iv le Drian Amerika prezidenti Donald Trampni Fransiyaning ichki ishlariga aralashmaslikka chaqirmoqda. Bu haqda «Korrespondent» xabar berdi.

«Donald Trampga Fransiya prezidenti ham huddi shunday maslahat beradi: mamlakatimizni o‘z holiga qo‘ying» — deydi le Drian telekanallardan biriga bergan intervyusida.

Fransiyada AQSh ichki siyosati muhokama qilinmaydi, ulardan ham huddi shu talab etiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida Fransiyadagi norozilik namoyishlariga soliqlar oshishiga olib kelgan iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash to‘g‘risidagi Parij kelishuvi sabab bo‘lganini yozgan.

«Parij kelishuvi Parijda u qadar ish bermadi», — deb yozadi Tramp. U shuningdek norozilik namoyishi ishtirokchilari «Biz Trampni istaymiz!» shiorini ilgari surayotganini aytgan. Biroq guvohlarning buni tasdiqlamayapti.

Tramp tashabbusi bilan Qo‘shma shtatlar dunyoning deyarli barcha mamlakatlari imzolagan Parij kelishuvidan chiqdi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!