Tramp yilning eng yomon aktyori deb topildi

Tramp yilning eng yomon aktyori deb topildi

AQSh prezidenti Donald Trampga kinematografdagi eng yomon natijalar uchun beriladigan Oltin malina mukofoti topshirildi.

Malina sovrindorlari an’anaviy ravishda Oskar mukofoti topshiriladigan kecha arafasida e’lon qilindi.

Tramp Millat o‘limi va Farengeyt 11/9 hujjatli filmlarida o‘zini ijro etgani uchun Eng yomon aktyor yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan. U, shuningdek, Eng yomon duet yo‘nalishi bo‘yicha ham e’tirof etilgan. Trampning bu yo‘nalishdagi duetdoshi sifatida uning cheki yo‘q maydagapligi qayd qilib o‘tilgan.

Shuningdek, Itan Koenning Xolms va Vatson filmi 2018 yilning eng yomon filmi deb topilgan.

Eng yomon aktrisa yo‘nalishida Melissa Makkarti ( Kattalar uchun o‘yinchoq va Kompaniya yuragi filmlari) qayd qilib o‘tilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!