Tramp Venesuela bo‘yicha o‘z maqsadini aytdi
Tramp AQShning harbiy amaliyotidan maqsad Venesueladagi hokimiyat va uning nefti ustidan nazorat o‘rnatish ekanini aytdi
AQSh prezidenti bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Donald Trampning intervyusidan asosiy iqtiboslar:
◾️ Venesueladagi operasiyani Florida shtatidagi Mar-a-Lago qarorgohidan kuzatdim;
◾️ Venesueladagi operasiya chog‘ida shaxsiy tarkib orasida jiddiy yo‘qotishlar bo‘lmadi, biroq yaradorlar bor;
◾️ AQSh Maduroni qo‘lga olish operasiyasini 2–4 kun avval o‘tkazishni rejalashtirgandi, ammo yomon ob-havo sababli u kechiktirildi;
◾️ Vashington Venesuelaning siyosiy kelajagi borasida qarorlar qabul qilmoqda va bu jarayonda ishtirok etadi;
◾️ Qo‘shma Shtatlar Venesuelaning neft sektorida “juda faol ishtirok etadi”;
◾️ Bir hafta oldin Maduro bilan gaplashib, uni ixtiyoriy ravishda taslim bo‘lishga chaqirgandim;
◾️ AQSh Venesuelaga qarshi ikkinchi zarba to‘lqinini berishga tayyor edi, ammo bunga hojat qolmadi;
◾️ Maduroning qo‘lga olinishi ortidan Xitoy bilan muammolar bo‘lmaydi, chunki Pekin Venesueladan neft olishda davom etadi;
◾️ Amerikalik harbiylar tomonidan qo‘lga olingan Maduro va uning rafiqasi Venesueladan vertolyotda olib chiqilib, kemaga o‘tkazilgan. Ular hozirda Nyu-Yorkka yetkazilmoqda.
