Tramp Vashington Yaqin Sharqdagi urushlarga qancha pul sarflaganini aytdi
AQSh Yaqin Sharqdagi harbiy operasiyalarga 8 trillion dollar sarfladi, dedi AQSh prezidenti Donald Tramp.
"Qo‘shma Shtatlar Yaqin Sharqda jang qilish va tartibni saqlash uchun sakkiz trillion dollar sarfladi", deb yozdi u tvitterda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqada minglab amerikalik harbiylar, "boshqa tomondan" esa millionlab kishilar halok bo‘lgan.
"Yaqin Sharqqa borish mamlakatimiz tarixidagi eng yomon qaror bo‘lgan", deya ta’kidladi u AQSh Iroqning ommaviy qirg‘in quroliga egaligi to‘g‘risidagi bahona bilan mintaqaviy urushlarga kirganini eslatarkan.
Trampning ta’kidlashicha, hozir Vashington "asta-sekin va ehtiyotkorlik bilan" Amerikaning "buyuk askarlari va harbiylarini uylariga" olib ketmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)