Tramp va Putin qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi

Tramp va Putin qachon uchrashishi ma’lum bo‘ldi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Parijda bo‘lishi kutilayotgan navbatdagi uchrashuvi judayam qisqa bo‘ladi. “Katta yigirmatalik” sammiti doirasida keng ko‘lamdagi muzokaralar o‘tkaziladi. Bu haqda RF prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ma’lum qilgan.
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, Buenos-Ayresdagi uchrashuv bo‘yicha kelishuvlar davom etyapti: “taxminiy vaqtni aytish qiyin, hatto hozircha iloji yo‘q”, degan u.
 
Ikki davlat rahbarining uchrashuvi 11 noyabr kuni Parij shahrida Birinchi jahon urushining yakunlanganiga yuz yil to‘lishi munosabati bilan uyushtiriladigan tantanadan so‘ng o‘tishi belgilangan. Marosimda 50 ta davlat rahbari ishtirok etishi kutilyapti.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil 30 noyabr – 1 dekabr kunlari Argentina poytaxti Buenos-Ayres shahrida “Katta yigirmatalik” davlatlari sammiti bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Tramp va Putinning birinchi to‘liq formatdagi uchrashuvi 16 iyul kuni Xelsinki shahrida o‘tkazilgandi.

Manba: qalampir. com

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!