Tramp uni o‘pgan isitmasi bor odamga qanday javob qaytardi?

Tramp uni o‘pgan isitmasi bor odamga qanday javob qaytardi?

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun hamma narsani ushlayvermaslik va qo‘lni yuvishni maslahat berdi. Bu haqda «xabar.uz» xabar berdi.

«Ehtimol, eshitgandirsiz, men ko‘pincha shunday yo‘l tutaman. Lekin siz ham qo‘l yuvishingiz, tozalikka rioya etishingiz kerak. Agar bunga zarurat bo‘lmasa, har qanday tutqichni ham ushlab ko‘raverish shart emas. Ya’ni shamollashda amal qilish kerak bo‘lgan ba’zi amallar bor»,— deydi u jurnalistlarga.

Tramp o‘tgan hafta ancha vaqtdan beri ko‘rishmagan bir odam yoniga kelganini so‘zlab berdi.

«U meni quchoqlab, o‘pdi. «Yaxshimisiz?» deb xoh-ahvol so‘raganimda, «Yo‘q. Kuchli shamollash va isitma bor», dedi. Shunga qaramay, u meni quchoqlab, o‘pyapti. Men uzrimni so‘radim-da, qo‘limni yuvganiga chiqdim», — deydi Tramp.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!