Tramp neft tankerlariga qilingan hujumda Eronni aybladi (Video)

Tramp neft tankerlariga qilingan hujumda Eronni aybladi (Video)

AQSh Prezidenti Donald Tramp Ummon ko‘rfazida neft tankerlariga uyushtirilgan hujumda Eronni ayblab chiqdi deb xabar berdi Yeuronews.com.nashri.

Rasmiy Tehron esa barcha ayblovlarni keskin inkor etib, mintaqa barqarorligi tarafdori ekanligini ta’kidlamoqda. AQSh tomoni ko‘rfazda ro‘y bergan vaziyatni xalqaro miqyosdagi muammo ekanligini ta’kidlab, unga hamkorlikda yechim topish lozimligni ta’kidlamoqda. Vashington ayblovini London ham qo‘llab- quvvatlamoqda. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vaziri Jerimi Xant voqea yuzasidan AQSh davlat departamenti bahosiga ishonishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Amerika tomoni yuz bergan voqea yuzasidan taqdim etgan dalillariEron harbiylari aybini to‘liq isbotlaydi.

Mazkur vaziyatga Germaniya ham munosabat bildirib tankerlarga uyushtirilgan hujumni qat’iyan qoralab chiqdi. Biroq AQSh markaziy qo‘mondonligitomonidan tarqatilgan video Eronning 13 iyunda Ummon ko‘rfazida tankerlarga hujumga aloqadorligining yetarlicha isboti hisoblanmasligini aytdi. Qo‘shma Shtatlar va Eron o‘rtasida keskinlik kuchayib borayotgan hozirgi vaziyatda BMT tomonlarni bosiqlikka va mojaroning yanada avj olib ketishining oldini olishga chaqirdi.

Manba: darakchi.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!