Tramp koronavirusni tez orada tugatishga va’da berdi

Tramp koronavirusni tez orada tugatishga va’da berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp koronavirus pandemiyasini tezda tugatish niyati borligini aytdi. Bu haqda 24 oktyabr, shanba kuni Reuters xabar berdi.

"Biz bu pandemiyani tezda tugatmoqchimiz. Oddiy hayot to‘liq tiklanadi", dedi Oq uy rahbari Florida shtatidagi tarafdorlari oldida chiqish paytida.

Bundan tashqari, Amerika yetakchisining fikriga ko‘ra, prezident saylovlaridagi raqibi, demokrat Jozef Bayden va uning jamoasi odamlarni COVID-19 bilan qo‘rqitmoqchi, virusning yangi turi tahdidini bo‘rttirib ko‘rsatmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!