«Tramp doktrinasi». Yangi dunyo tartiboti qanday bo‘ladi?

A A A
«Tramp doktrinasi». Yangi dunyo tartiboti qanday bo‘ladi?

AQSh prezidenti Donald Tramp kutilmaganda amerikalik harbiylarni avval Suriyadan chaqirib olishi, keyinroq Afg‘onistondagi operasiyalarni ham yakunlashi to‘g‘risidagi qarori bilan barchani shoshirib qo‘ydi. Qolaversa, davlat rahbarining tashabbusini qo‘llab-quvvatlamagan Mudofaa vaziri Jeyms Mettis ham ishdan bo‘shatildi . Trampning kutilmagan qarorlari uzoq vaqt xalqaro terrorizmga qarshi kurash maydoniga aylangan Yaqin Sharq va Katta Markaziy Osiyo hududi uchun salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin, qolaversa, AQSh harbiy amaliyotlari asosida qurilgan xalqaro munosabatlar tengligi buzilyapti.

Amerikaning xoh siyosiy, xoh harbiy yo‘l bilan biror masalaga aralashuvdan tiyilishi dunyo tartibotini jiddiy o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Muvozanat o‘zgararkan, keyingi o‘n yillik Rossiya diktatorligi ostida o‘tadimi?

Tramp doktrinasi nimani anglatadi?

Mettisning iste’fosi bilan AQSh o‘z tashqi siyosatida isteblishment otasi bo‘lib qolayotgan keksa askardan ham qutuldi. Endi prezident Tramp doktrinasi ni amalga oshirish uchun to‘liq imkoniyatlarga ega. Boshqaruvining ikki yilida Tramp global yetakchilik strategiyasi ilmini egallagan tajribali maslahatchilardan qutuldi. U Davlat kotibi lavozimida ishlagan Reks Tillersonni ishdan bo‘shatdi, milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘lgan Gerbert Makmasterni taxtdan tushirdi , iqtisodiy masalalar bo‘yicha bilimdon Geri Kon va Oq uy bosh apparati rahbari Jon Kelliga ham xayr dedi. Shu vaqtlarda prezident bilan dunyoga bir xilda nazar tashlay olmagan AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Heyli ham iste’fo so‘radi.

Aslida Donald Tramp saylovoldi kampaniyasida ham AQSh tashqi siyosatini qanday tasavvur etishini yashirib o‘tirmagan: u izolyasionizm va merkantalizmga asoslanishi kerak. Trampning fikricha, Amerika global jarayonlarda faol ishtirok etishi faqat o‘ziga qimmatga tushyapti, uning qadrini bilmaydigan ittifoqchilar bilan liberal dunyo tartibotini saqlash uchun mablag‘ sarflash ham prezident mantig‘iga to‘g‘ri kelmaydi. Eng asosiy xavf sifatida noqonuniy migrasiya ko‘rilgan bo‘lsa, savdo munosabatlaridagi defisit ham shunday xavflar sirasiga kiritildi.

Tarixda bu ham bo‘lgandi

AQSh tarixida Donald Tramp siyosatini deyarli bir xil mazmunda boshlab bergan siyosatchi o‘tgan. U o‘tgan asrning birinchi yarmida, 40-yillarda faol bo‘lgan siyosiy kayfiyat asoschisi Robert Taftdir. U 1940, 1948 va 1952 yillarda prezidentlik uchun asosiy da’vogarlardan biri edi. Masalan, Taft 1941 yili AQSh siyosatchilarini ittifoqchi Buyuk Britaniyaga ko‘mak berishdan qaytarmoqchi bo‘lgan, u Marshal rejasi ga ham, NATO tuzilishiga ham qarshi chiqqan. Shunday qilib, Taftning siyosati amalga oshganda dunyo tartiboti qanday bo‘lishi mumkinligini his etish mumkin: sobiq Sovet davlatiga qarshi NATO tuzilmasdi, 41-yil urushida britanlar ko‘maksiz qolardi.

2016 yili saylovoldi kampaniya targ‘ibotida Donald Tramp ham Taftga o‘xshash kayfiyat bilan, Janubiy Koreya va Yaponiyani AQSh hanuz himoya qilishini savol bilan nishonga olgandi. NATO bo‘yicha hamkorlik yuzasidan esa ular to‘lamayotgani ni ro‘kach qilib, tashkilot faoliyatini tanqid qilgan. Tramp Amerika savdo qilayotgan mamlakatlarni ham ayblagan. Shuning uchun, prezidentlik lavozimi tegishi bilan u AQShni Tinch okeani savdo va investision hamkorligi tashkilotidan olib chiqdi , Yevro-Atlantik savdo hamkorligi bo‘yicha YEI bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Prezident Shimoliy Amerikada erkin savdo hududini tashkil etish bo‘yicha Meksika va Kanada bilan erishilgan kelishuvni qayta ko‘rib chiqdi. Shu bilan birga, Xitoy bilan savdo urushiga kirishib ketdi.

Navbat harbiylargami?

Tramp endi o‘z islohotini harbiy sohada ham boshladi. Uning tashqi siyosatdagi yagona maqsadi - Do‘st va dushmanlarsiz Amerika ni yaratish. Ammo, mamlakatning harbiy qudratiga hech kim shubha qilmasligi lozim. Amerika tamoyillar asosida qurilgan tartibot ni saqlash uchun o‘z qirg‘oqlaridan olisdagi qandaydir inqirozlarda ishtirok etmoqchi emas. Biroq har kimni birdan qo‘rqitib qo‘ya oladigan kuchga ega bo‘lib qoladi.

Trampning qarori qanchalik kutilmagan bo‘lsa ham, u bu haqda avvaldan barchani ogohlantirgan. Prezidentlikka nomzod bo‘lgan milliarder o‘sha paytda ham Suriya va Afg‘onistonda askarlarni qaytarib olishini oshkora aytgan. Bu va’dani amalga oshirishga to‘siq bo‘lib turganlar - Mettis, Makmaster va Kelli endi yo‘q. Tramp doim o‘zining ichki instinktlariga tayanib ish qiladigan ishbilarmon bo‘lgan, siyosatda ham u shunday qolmoqda.

Suriya va Afg‘oniston bo‘yicha prezidentning qarori mamlakatni katta o‘yin da yutqazganini bildirmaydi. Negaki, Suriyadagi Amerikaning muvaffaqiyatsizligi allaqachon ko‘pgina savollarni keltirib chiqarayotgandi. Aprelda ham Tramp Suriyadan harbiylarni olib chiqmoqchi bo‘lganini aytganda, Mettis davlat rahbarini yil oxirigacha kutishga ko‘ndirgan . U va’dasida turdi.

Rossiya uchun Amerika Atlantikaning g‘arbiy qirg‘oqlaridan uzoqqa o‘tmasdan, o‘z ishi bilan band bo‘lishi kerak. Bunday doktrina Putinning qarashlariga to‘g‘ri va mos tushadi. Gap shundaki, ruslar ham AQShni yana buyuk bo‘lishiga qarshi emas, faqat u hamma joyda hozir-u nozir bo‘lmasin. Pentagon boshqaruvidan ketgan Jeyms Mettis esa aynan shu kartinani tasvirlab, Rossiya va Xitoy dunyoda qulay avtoritar muhit yaratib olishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini yozgandi. U prezidentga yo‘llagan maktubida AQShning bu roldan voz kechishi ko‘p tashvishlarga sabab bo‘lishini bildirgan.

Rossiya Tramp doktrinasi amalga oshirilishi bilan Qrim ustidan Moskvaning suvereniteti tan olinishi istaydi. Sanksiyalar olib tashlanishi, sharqiy Ukrainada esa Rossiya ta’siri saqlanib qolishi ayni muddao bo‘lardi. Tramp bu haqda fikr bildirishga ulgurgan, u hatto Rossiyani katta sakkizlik ka qaytarishga urinib ko‘rmoqchi edi . Kerchdagi voqealardan so‘ng, Vashington bilan qaynoq munosabatlarni saqlab qolayotgan Moskva manfaatlarini yana ilgari suradimi? Buni vaqt ko‘rsatadi.

Shuningdek, Rossiya o‘z shartlari bilan yozilgan rus-yapon tinchlik shartnomasini imzolashi va Tokio bilan hududiy masalalarni hal etib olishi mumkin. Bunga Tramp doktrinasi katta yo‘l ochib beryapti. AQSh harbiylari Yaponiya xavfsizligini kafolatlamasa, Rossiya bu vazifaga kirishib ketadi .

Kutilmagan sovg‘a

Har doim bo‘lganidek, doktrinaning amalga oshirilishi ortidan paydo bo‘ladigan xatarlarni unutmaslik kerak . Birinchi galda, gapni Trampning qarorlarini bashorat qilib bo‘lmaslik bilan boshlash lozim. U institusional cheklov va siyosiy qadriyatlarga parvo ham qilmaydi. Xalqaro munosabatlar nazariyasi bu shaxs uchun yot tushuncha. Masalan, u istasa, Federal bank rahbarini ishdan bo‘shatishi mumkin .

Avgust oyi da Pentagon rahbari Mettis, sentyabrda maslahatchi Bolton, Davlat kotibi Pompeo oktyabrda esa AQSh qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Danford, va nihoyat, Suriya bo‘yicha maxsus vakil Jeffri ham AQSh harbiylari Suriyadagi siyosiy vaziyat o‘nglanmaguncha qolishini aytgandi. Ularning hammasi bu prezident qarori ekanini tasdiqlagan. Kim bilsin, Tramp yana nimalarga qodir, balki u biz o‘ylagandek, sodda ham emasdir.

Manba: xabardor.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Putin Zelenskiyning shartini qabul qildi

Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.

"Janob Prezident, ukangiz 40 million dollarlik mehmonxonamni tortib oldi"

Қирғизистон президенти Садир Жапаров Иссиқкўл аҳолиси билан учрашувда кутилмаган эътирозга дуч келди.

Putin urush boshlanganidan beri ilk bor Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan G‘arb davlatlari rahbarlari bilan birga suratga tushdi

Суратда Владимир Путин Си Жинпиннинг ўнг томонида, биринчи қаторда турибди.

Toshkentdagi Qorasuv kanalidan Nil timsohi ushlandi

Бу ҳақда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси маълум қилди.

Toshkent metropoliteni yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqdi

Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.

Maduro qamoqxonadan Rossiyaga salom yo‘lladi

Бу ҳақда RIA Novosti агентлиги хабар берди.

Janubiy Koreya bo‘ylab havo qatnovi to‘xtatiladi, Wi-Fi o‘chiriladi va butun mamlakat bo‘ylab telefonlar o‘chiriladi

Бугун миллионлаб мактаб ўқувчилари университетга киришни белгилайдиган Сунын имтиҳонини топширишади.

"Evropa vakillari Moskvaga borishga tayyor, faqat..."

Елисей саройида Россиянинг мулоқотга расмий тус бериш таклифи ижобий баҳоланган.

Rossiya, Xitoy va AQSh yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvidan asosiy bayonotlari

Мулоқот 1,5 соат давом этди.

Flik "Barselona" rahbariyatidan ikkita transfer so‘radi

"Барселона" бош мураббийи Ханс-Дитер Флик қишки трансферлар ойнасида жамоанинг ҳимоя чизиғини кучайтиришни муҳим вазифа деб ҳисобламоқда.

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir, qor va sovuq kuzatilishi kutilmoqda

Ўзгидромет 9–12 ноябрь кунлари Ўзбекистонда об-ҳаво шароити кескин ўзгариши ҳақида шошилинч огоҳлантириш эълон қилди.

O‘zgidromet 14–15 noyabr kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Ўзбекистонда сўнгги кунларда кузатилган салқин ва ёғингарчили об-ҳаво ўрнини илиқ кунлар эгаллайди.

Isroilda parlament saylovlari yakunlandi: Netanyaxu uchun kutilmagan natija

Исроилда парламент сайловлари бўйича овозларни ҳисоблаш якунланди.

«An-Nasr» uch nafar yulduzisiz O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби Осиё Чемпионлар лигаси Элит мусобақасидаги навбатдаги учрашув олдидан Тошкентга етиб келди.

Aktrisa Barchin G‘ofurova va bloger "Kokosh" qamaldi

Бу ҳақда Тошкент шаҳар судлари матбуот хизмати хабар берди.

Ukraina qurol ishlab chiqarishni oshirishda qiynalmoqda

"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.

Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarni tiklashga urinishlarini e’tiborsiz qoldirmoqda

The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти

Putin shaxsiy tartibda Ukraina uchun NATO nizomining 5-moddasi namunasidagi xavfsizlik kafolatlariga rozi bo‘ldi

Манбанинг сўзларига кўра, Путин NATO қўшинлари Украинада жойлаштирилмаслиги шарти билан бундай кафолатларга тайёр

Eron sobiq oliy rahbar oyatulloh Ali Xominaiyning yadro qurolini taqiqlovchi fatvosini bekor qilishi mumkin

У ушбу фикрларни Эроннинг ядро дастури атрофидаги давом этаётган муҳокамалар фонида билдирди.

Litva Kaliningrad viloyati chegarasidagi hodisaga aloqadorligini rad etdi

Будриснинг қўшимча қилишича, Литва ҳеч қачон ўз ҳаво ҳудудидан Россия ҳудудидаги объектларга ҳужум қилиш учун фойдаланишга рухсат бермаган

Bank xodimi mijozlarning 3,2 mlrd so‘mini qimorda yutqazdi

Бундан ташқари, яна бир шахс танишидан олган 26 минг долларлик иккита «Дамас» автомобилини қиморда бой берган.

Tatyana Kim Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan keyin Wildberries rahbarligidan ketdi

Маълум қилинишича, Ким 18 ноябр куни бош директорлик лавозимидан кетган. Унинг ўрнига Алексей Куликов тайинланган.

AQShda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq uzilishlardan so‘ng Oq uy rahbarini almashtirdi

Бу ҳақда BBC’нинг америкалик ҳамкори CBS хабар берди.

Evropa huquq markazi Mossadning sobiq rahbari David Barneani «harbiy jinoyatlar» uchun hibsga olishga chaqirdi

Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.

Meksikada eng katta narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Бу ҳақда «El País» нашри хабар берди.

Hurmuz bo‘g‘ozida 4 million barrel neft tashiyotgan ikki supertanker portladi

Бу ҳақда Tasnim News нашри Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) денгиз кучлари матбуот хизматига таяниб хабар берди.

Isroil Eronga qarshi yangi urush boshlashga intilmoqda

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри хабар берди.

Qashqadaryoda bolalar janjali sabab qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Бу жиноятни содир этган эркакка 19 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Ilon Mask respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflagan 500 million dollaridan afsusda

Миллиардер Илон Маск АҚШдаги оралиқ сайловларда республикачиларни қўллаб-қувватлаш учун 500 миллион доллар сарфлаганидан афсусда эканини билдирди.

Parij meri GTA VI o‘yini sabab ishga kech qoldi

У буни очиқ тан олмаган, аммо шаҳар раҳбари соат 9:00 га белгиланган эрталабки йиғилишга келмади ва ишга фақат тушлик пайти етиб келган.

Putin Rossiya Yevropaga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqidagi gaplarni rad etdi

Россия Европа билан урушга тайёрланаётгани йўқ, бироқ Европа Иттифоқининг бундай режалари ҳақида доимий равишда эшитиб турибди.

62,3 foiz pedagog kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘ta olmagani ma’lum qilindi

2024–2026 йилларда ўтказилган олтита касбий сертификатлаш синовида 47 936 нафар педагог қатнашган, уларнинг 62,3 фоизи синовдан ўта олмаган.

Putin Qrim ko‘prigiga qilingan hujumlardan keyin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lmasligini aytdi

Унинг сўзларига кўра, Россия Хавфсизлик кенгаши билан айрим соҳаларда ўт очишни тўхтатиш имконияти муҳокама қилинган.

«Jorj Vashington» avianosesi Fors ko‘rfazini tark etdi — Bloomberg

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги АҚШнинг икки расмийсига таяниб хабар берди.

Si Szinpin yadroviy qurollarni butunlay yo‘q qilishga chaqirdi

Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.

Tramp Eron bilan urushni tugatish uchun Rossiya va Xitoy yordami kerak emasligini aytdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Вашингтон Эрон билан урушни якунлаш учун Россия ёки Хитой ёрдамига муҳтож эмаслигини билдирди.

Rossiyaning 2 Tu-95 bombardimonchisi Tayvan HHM hududiga kirdi

Тайвань Мудофаа вазирлиги маълум қилишича, Россиянинг икки Ту-95 стратегик бомбардимончи самолёти оролнинг ҳаво ҳужумидан мудофаа тизими аниқлаш зонасига жануб томондан кирган.

Portugaliya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berishdan bosh tortdi

Бу ҳақда мамлакат ташқи ишлар вазири Паулу Ранжел Киевда украиналик ҳамкасби Андрей Сибига билан ўтказган матбуот анжуманида баёнот берди.

Turk qahvasini mashhur qilgan sir nimada?

Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.

Toshkentda Rossiya fuqarosi o‘z joniga qasd qildi

У яшаш манзили хонадонининг 9-қаватидан ўзини ерга ташлаб юборган ва олган тан жароҳатлари натижасида шу жойнинг ўзида вафот этган.