Donald Trampning birgina gapi deb dunyoning eng boy 500 ta odami bir kunda umumiy boyligining 2 foizini yo‘qotdi. AQSh bozorida joriy yilning eng og‘ir yo‘qotishi kuzatilmoqda, deb yozadi Bloomberg.
21ta milliarderning boyligi o‘rtacha bir milliardga kamaydi. Dunyoning eng boy odami, Amazon asoschisi Jeff Bezos eng ko‘p talofat ko‘rdi. Onlayn-riteylerlarning kotirovkalari tushgani sababli u $3,4 mlrd yo‘qotdi.
O‘zi nima bo‘ldi: juma kuni Tramp nogahon 1 sentyabrdan AQSh Xitoydan importga 10 foizlik boj joriy etishini e’lon qildi. Xitoy ham javobini kuttirib qo‘ymadi: 11 yildan beri ilk bor dushanba kuni dollar/yuan nisbati 1 dollarga 7 yuan psixologik chegaradan o‘tdi. Tramp Xitoyni o‘z eksportining raqobatbardoshligini oshirish maqsadida yuanni ataylab zaiflashtirganlikda aybladi.
Bozor xavotirda. Shundan so‘ng AQSh bozorida joriy yildagi eng talofatli boy berish kuzatildi. S&P 500 indeksi 2,8 foizga tushdi. Katta banklar 2 foiz qiymatini yo‘qotdi. Intel 3,4 foizga, Apple esa 4,3 foizga arzonlashdi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.
Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.