Tramp AQShdagi tartibsizliklarga qanday izoh berdi?

Tramp AQShdagi tartibsizliklarga qanday izoh berdi?

AQSh prezidenti Donald Tramp AQShni vayron qilgan ommaviy tartibsizliklarni "uydagi terror" deb atadi.

Oq Uyda jurnalistlar bilan suhbatda Tramp Linkoln xotirasi va Ikkinchi Jahon urushi yodgorliklari vayron qilinganligini, asosiy tarixiy cherkovlardan biri yoqib yuborilganini va ikkita polisiyachi otib o‘ldirilganini ta’kidladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, bunday harakatlar "uydagi terror" va insoniyatga qarshi jinoyatdir.

Avvalroq, Tramp AQSh hukumati "Antifa" radikal chap harakatini taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga qo‘shishni niyat qilganini aytgan edi. O‘z navbatida AQSh bosh prokurori Uilyam Barr ushbu harakat a’zolarining xatti-harakatlari terrorizm sifatida qabul qilinishini qo‘shimcha qildi.

Eslatib o‘tamiz, AQSh shaharlarida norozilik va tartibsizliklar polisiya qo‘lida afro-amerikalik Jorj Floydning o‘limidan so‘ng boshlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!