Tramp: "AQSh doim Isroil bilan birga, Bayden buni ko‘rsata olmayapti"

Tramp: "AQSh doim Isroil bilan birga, Bayden buni ko‘rsata olmayapti"

AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning aytishicha, hozirgi davlat rahbari Jo Baydenning "ojizligi" Isroilda vaziyat keskinlashishiga olib kelgan.

Trampning tarafdorlari bilan muloqot qilish uchun yaratilgan yangi veb-saytida e’lon qilingan bayonotida,  sobiq prezident o‘z vakolat muddati davomida "Isroilning muxoliflari Qo‘shma Shtatlar qat’iy ravishda Isroil tomonida ekanligini bilishini" ta’kidladi. Trampning so‘zlariga ko‘ra, Bayden boshchiligidagi dunyo "tobora zo‘ravon va beqaror bo‘lib bormoqda", chunki uning "zaifligi va Isroilni qo‘llab-quvvatlamasligi" "AQSh ittifoqchilariga" qarshi yangi hujumlarni keltirib chiqarmoqda.

Tramp AQSh ma’murlari "har doim Isroil tomonida bo‘lishi kerakligini" qo‘shimcha qildi. Uning fikriga ko‘ra, "falastinliklar terrorizm va raketa hujumlarini to‘xtatishlari kerakligini va Qo‘shma Shtatlar Isroilning o‘zini himoya qilish huquqini har doim qat’iy qo‘llab-quvvatlashini aniq tushuntirish" zarur.

Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektori chegarasida so‘nggi yillardagi eng yirik mojaro dushanba kuni kechqurun boshlangandi. Bugungi kunga qadar G‘azo sektoridan Isroilga 600 dan ortiq raketa otilgan, "Temir gumbaz" raketadan mudofaa tizimi ulardan 200 tasini ushlagan. Otishma natijasida qurbonlar va jarohat olganlar mavjud. Isroil G‘azo sektoriga ham zarba berdi, bu anklav ma’muriyatining ma’lumotlariga ko‘ra ikki kun ichida 30 kishini o‘ldirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!