Tramp antifashistlarni «katta muammolar» haqida ogohlantirdi

Tramp antifashistlarni «katta muammolar» haqida ogohlantirdi

AQSh prezidenti Donald Trampning ma’lum qilishicha, agar raqiblari «safarbar bo‘lsa», u holda antifashistlarda «katta muammolar» paydo bo‘lishi mumkin. Bu haqda u The Daily Caller'ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Trampning fikriga ko‘ra, antifashistlar o‘ng muxolifat «safarbar bo‘lishidan» tashvishga tushishlari kerak.

«Sababi ular [o‘nglar] buni qilishsa [safarbarlik], unda yana kuchliroq bo‘lishadi. Ancha kuchliroq. Shuningdek, ular zo‘ravonlikka [yanada] kirishib ketadi», - deydi Tramp.

Bu holatda, prezidentning ogohlantirishicha, antifashistlarda «katta muammolar» yuzaga kelishi mumkin. Shu bilan birga, Trampning ta’kidlashicha, hozir bu yuz bermayapti hamda bu «yaxshi narsa».

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!