Tramp: "Agar saylovda yutqazsam uchinchi jahon urushi boshlanib ketadi"

Tramp: "Agar saylovda yutqazsam uchinchi jahon urushi boshlanib ketadi"

2024 yilgi prezidentlik saylovlarida "Respublikachilar" mag‘lub bo‘lsa, Yaqin Sharqdagi mojarolar uchinchi jahon urushiga aylanib ketishi mumkin. Bu haqda AQSh prezidentligiga nomzod Donald Tramp ma’lum qildi.

Bir kun avval Tramp Mar-a-Lagodagi kurort uyida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu bilan uchrashdi.

Respublikachi nomzod jurnalistlarga saylovda uning ehtimoliy raqibi Kamala Xarris Yaqin Sharqdagi vaziyatni "yomonroq" tushunishini aytdi. Isroilning G‘azo sektorida Xamas bilan urushi kengroq mintaqaviy mojaroga aylanib ketishi mumkin.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, "agar biz g‘alaba qozonsak, unda hamma narsa juda oddiy bo‘ladi va hammasi yaxshi bo‘ladi”.

"Agar mag‘lubiyatga uchrasak, Yaqin Sharqda katta urushlar bo‘ladi. Va, ehtimol bu uchinchi jahon urushiga aylanadi. Siz Ikkinchi jahon urushidan keyingi har qachongidan ham uchinchi jahon urushiga yaqinroqsiz" - dedi Tramp.

Uning qo‘shimcha qilishicha, "mamlakatni qobiliyatsiz odamlar boshqarmoqda".


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!