Tramp: “Agar Bayden g‘alaba qozonsa "xitoy tilini o‘rganish" kerak bo‘ladi!”

Tramp: “Agar Bayden g‘alaba qozonsa "xitoy tilini o‘rganish" kerak bo‘ladi!”

Agar demokrat Jo Bayden kelgusi prezident saylovlarida g‘alaba qozonsa, Xitoy AQShni o‘z qo‘liga oladi va odamlar xitoy tilini o‘rganishga majbur bo‘lishadi, deya ma’lum qildi AQSh prezidenti Donald Tramp amerikalik jurnalist Xyu Xyuittga bergan intervyusida.

"Agar men saylovda g‘alabaga erishmasam, Xitoy AQShga egalik qiladi... siz esa xitoy tilida gapirishni o‘rganishingizga to‘g‘ri keladi. Agar haqiqatni bilmoqchi bo‘lsangiz...", deydi Tramp.

Amerika rahbari Xitoy prezidenti Si Szinpin bilan munosabatlar haqida gapirar ekan, ular koronavirus bilan bog‘liq vaziyat tufayli yomonlashganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!