Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi

Toshkentning qadimiy 12 ta darvozasi qayta tiklanadi

2021 yilgi davlat dastur loyihasi muhokamasi davomida 4 mingta yaqin taklif kelib tushgan. Ular qatorida Firuza Xusainovaning Toshkent shahrining qadimiy 12 ta darvozasini qayta tiklash va turizm maskaniga aylantirish borasidagi taklifi ham bor. 

U davlat dasturiga alohida band tariqasida kiritilgan. Toshkent shahar hokimligi, Madaniyat vazirligi va Fanlar akademiyasi poytaxtning qadimiy darvozalari aniq belgilangan joylari, ularning ko‘rinishi va tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni shakllantiradi.

Shunga ko‘ra, ular qayta tiklanadi. Bunga mahalliy byudjet, homiy va tashabbuskorlar mablag‘lari yo‘naltiriladi. Muddat 1 iyun etib belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!