Toshkentning Mirobod tumanida 500 dan ziyod peshlavhalar «to‘g‘rilandi»

Toshkentning Mirobod tumanida 500 dan ziyod peshlavhalar «to‘g‘rilandi»

Toshkentning Mirobod tumanida ishchi guruh tomonidan markaziy ko‘chalarda peshlavhalari, e’lonlar, reklamalar matnlarining davlat tilida yozilishi, imlo qoidalariga rioya etilishi o‘rganildi.

O‘rganishlar natijasida xorijiy tilda va xato yozilgan 637 ta tashqi yozuvlar aniqlandi. 509 ta tashqi yozuv va axborot matnlari qonunga moslashtirildi.

Xususan, “ZARINA BEAUTY SALON” peshlavhasi “Zarina go’zallik saloni”, “Sloyonnaya samsa” – “Somsa”, bir necha “Apteka” peshlavhalari “Dorixona”, “Vsyo dlya doma” – “Hamma narsa uy uchun”… deb o‘zgartirildi.

Bundan tashqari Magnit, Korzinka.uz savdo majmualaridagi tashqi yozuvlar, lavhalar, e’lonlar, narxnomalar va boshqa ko‘rgazmali axborot matnlari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga o‘zgartirildi.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/uz/2021/07/28/signboards/?utm_source=push&utm_medium=telegram


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!