Toshkentdan Tokioga aviaqatnovlar qayta tiklanadi

Toshkentdan Tokioga aviaqatnovlar qayta tiklanadi

Uzbekistan Airways AJning Tokio—Toshkent aviaqatnovi 14 apreldan boshlab qayta tiklanadi. Bu haqda “Dunyo” AA ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra, O‘zbekiston elchixonasi tomonidan Nara prefekturasi, Nara shahri meriyasi, Yaponiya xalqaro hamkorlik tashkiloti (JICA) bilan hamkorlikda Samarqand va Nara shaharlari o‘rtasida birodarlik aloqalarini yanada mustahkamlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda Gen Nakagava yapon tomoni ikki shahar o‘rtasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanligini ta’kidlab, 2023 yil davomida Nara shahrida O‘zbekistonning madaniyati, sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishga bag‘ishlangan qo‘shma tadbirlarni hamkorlikda ishlab chiqishga tayyorligini ma’lum qildi.

Shu bilan birga, Samarqand shahar hokimi Fazliddin Umarov tadbir ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi. Hokim o‘z murojaatida Samarqand va Nara o‘rtasida o‘rnatilgan aloqalarni qadrlashini ta’kidlab, Samarqandning dunyo ilm-fani va sivilizasiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, boy madaniy merosi hamda turizm salohiyati haqida ma’lumot berdi.

Ishtirokchilarga Uzbekistan Airways AJning Tokio—Toshkent aviaqatnovi 14 apreldan boshlab qayta tiklanishi bildirildi. Yaponiyalik sayyohlar ushbu to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslardan foydalangan holda O‘zbekistonga borishga taklif qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!