Toshkentdagi yangi yo‘lo‘tkazgichlardagi liftlar nega ishlamaydi?

A A A
Toshkentdagi yangi yo‘lo‘tkazgichlardagi liftlar nega ishlamaydi?

Yangi qurilgan yo‘lo‘tkazgichlar va yer osti o‘tish yo‘llarida aholi qulayligi uchun liftlar mavjud bo‘lsa-da ular ishlamaydi. Bu ko‘pincha yosh bolali va keksa yoshdagi piyodalarga noqulayliklar tug‘dirmoqda. Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi press-xollida o‘tkazilayotgan matbuot anjumanida bu savolga javob berildi.

Avtomobil yo‘llari davlat qo‘mitasi vakilining ta’kidlashicha, liftlar muammosi tuman hokimliklariga tegishli bo‘lib, lift va ekskalatorlarda maxsus liftchi nazorati bo‘lishi lozim. Hokimliklar nazoratchi ishchilarni ta’minlasa, lift va ekskalatorlarni ishlatish mumkin bo‘ladi.

Sof.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!