Toshkentdagi kasb-hunar kollejida bir o‘quvchi pichoqlandi
2019 yil 19 mart kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumani Visol 7-tor ko‘chasida yashovchi, Qurilish kasb-hunar kolleji 3-bosqich o‘quvchisi M.R. kollej oldida o‘zaro janjal tufayli kursdoshi Toshkent viloyati Yuqorichirchiq tumani Bardanko‘l qishlog‘ida yashovchi D.M.ni pichoq bilan jarohatlagan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, D.M. kasalxonaga yotqizilib, M.R. qo‘lga olingan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)