Toshkentdagi Yevropa yahudiylariga tegishli bino buziladimi? Masala hal bo‘ldi

Toshkentdagi Yevropa yahudiylariga tegishli bino buziladimi? Masala hal bo‘ldi

Qo‘mita axborot xizmati ma’lum qilishicha, “ABSOLUTE BUSINESS TRADE” xususiy korxonasi 2-Mirobod ko‘chasi, 13, 15 va 17-uylarni buzish hisobiga yetkazilgan zararni o‘rnatilgan tartibda qoplash maqsadida Toshkent shahar Yevropa yahudiylari diniy jamoasi bilan kelishuvga erisholmaganligi sababli Toshkent shahar tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilgan edi. Sud majlisi bugun, 5 avgust sanasida bo‘lib o‘tdi.

Sudda tomonlarning fikr-mulohazalari to‘liq tinglandi. “ABSOLUTE BUSINESS TRADE” xususiy korxonasi Toshkent shahar Yevropa yahudiylari diniy jamoasiga qarashli yer maydoniga egalik qilish bo‘yicha kiritgan da’vo arizasini qaytarib oldi. Shunga ko‘ra, Toshkent shahar Yevropa yahudiylari diniy jamoasiga tegishli sinagoga binosi buzilishiga yo‘l qo‘yilmaslikka erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!