Toshkentdagi ayanchli avtofalokatda bir ayol halok bo‘ldi

Toshkentdagi ayanchli avtofalokatda bir ayol halok bo‘ldi

Bugun, 15 sentyabr kuni Toshkent shahridagi Abay va Navoiy ko‘chalari kesishgan chorrahada 2 ta mashina ishtirokida ayanchli yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Navoiy ko‘chasida harakatlanib kelayotgan va o‘ngga burilmoqchi bo‘lgan Nexia-2 haydovchisi asosiy yo‘ldagi Nexia-3 avtomobiliga yo‘l bermagan va ikkovi to‘qnashgan.

To‘qnashuv oqibatida Nexia-2 old o‘rindig‘idagi ayol yo‘lovchi olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan. Orqa o‘rindiqdagi bir ayol (shaxsi aniqlanmoqda) va 3 yoshli bola jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

IIBB axborotida Nexia-3 mashinasidagi jarohatlangan yoki qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!