Toshkentdagi "Abu Saxiy" bozori ochilgani rostmi?

Toshkentdagi "Abu Saxiy" bozori ochilgani rostmi?

Bugun AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Botirjon Qurbonov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifingda muhim savol va murojaatlar yuzasidan javob qaytarildi.

❓Poytaxtdagi "Abu Saxiy" bozori ochilgani, faoliyatiga ruxsat berilgani haqida xabarlar tarqaldi. Axir hali Toshkent xavf saqlanib qolgan hudud hisoblansa, bozorlarni ochishga ehtiyoj bormidi?

❗️Ayni vaqtda respublika maxsus komissiyasining Qarori bilan oziq-ovqat faroliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xizmat turlari hududning toifalanishidan qat’iy nazar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

❌ "Abu Saxiy" buyum bozori faoliyatiga ruxsat berilmagan va bu kabi xabarlar xaqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!