TOSHKENTDAGI 5-MAKTABNING 9 NAFAR BITIRUVCHISI MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO‘LDI

TOSHKENTDAGI 5-MAKTABNING 9 NAFAR BITIRUVCHISI MUDDATIDAN OLDIN TALABA BO‘LDI

Toshkent shahar Yunusobod tumanidagi 5-sonli maktabning 9 nafar o‘quvchisi oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirdi.

Joriy o‘quv yilida mazkur maktabni 118 nafari o‘quvchi bitiradi, bugungi kunda ularning 25 nafari 5,5 dan 7,5 ballgacha bo‘lgan natijalar bilan IELTS topshirgan.

O‘quvchilar kirgan oliy ta’lim muassasalari orasida Webster University, TEAM University, MDIS Tashkent, Westminster International University in Tashkent, Polshadagi Vistula University, INHA universiteti, Toshkentdagi Bucheon universiteti, Rossiya Federasiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya Xalq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi bor.

O‘quvchilarni muvaffaqiyat bilan tabriklab, kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!