Toshkentda Volkswagen Caddy avtomobillari narxi ma’lum qilindi

Toshkentda Volkswagen Caddy avtomobillari narxi ma’lum qilindi

Toshkentda 27 iyul kuni Volkswagen Caddy avtomobillari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda sotuvga chiqariladigan avtomobillar narxi e’lon qilindi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Taqdimotda avtomobil uch xil ko‘rinish va komplektasiyada taklif etildi:

  • Cargo (yuk tashuvchi versiyasi) — 172,1 million so‘m;
  • Kombi (aralash versiya) — 190 million so‘m;
  • Trendline (yo‘lovchi tashuvchi versiyasi) — 221,9 million so‘m.

Avtomobillar 27 iyul kuni tushdan so‘ng sotuvga chiqariladi.

Ta’kidlanishicha, Tashkent Autocenter birinchi dilerlik markazi poytaxtda ochilgan. Yaqin kunlarda Toshkent, Jizzax va Qo‘qonda ham dilerlik markazlari ochilishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!