Toshkentda o‘quvchi qiz sinfdoshlari tomonidan ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Toshkentda o‘quvchi qiz sinfdoshlari tomonidan ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Bolalar ombudsmaniga joriy yilning 12 iyun kuni Toshkent shahrida yashovchi fuqaro G.X. (ayol kishi) dan murojaat kelib tushdi.

📃 Murojaatida G.X. ning 2008 yilda tug‘ilgan qizi A.T. Mirzo-Ulug‘bek tumanidagi 49-sonli maktabda o‘qishini, A.T. ning sinfdoshlari unga ruhiy zo‘ravonlik qilishganligini, zo‘ravonlikni bartaraf etish yuzasidan maktab ma’muriyatiga qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilganligini bildirib, maktab direktori va sinf rahbariga chora ko‘rilishini so‘ragan.

❕Bolalar ombudsmani Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga yuborgan so‘rovi asosida mazkur holat o‘rganilib, Toshkent shahar MMTB tomonidan 49-sonli umumta’lim maktabi mas’ul xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazildi.

☑️ Hozirda tekshiruv natijasiga muvofiq sinf rahbari E.U. (ayol kishi) ga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi, maktab direktori R.N. esa maktabda yuz bergan bunday vaziyatni boshqara olish malakasi yetarli emasligi sababli malaka oshirish uchun maxsus o‘quv kurslariga yo‘naltirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!