Toshkentda taksi xizmati uchun Xitoydan 500 ta elektromobil xarid qilinadi (video)

Toshkentda taksi xizmati uchun Xitoydan 500 ta elektromobil xarid qilinadi (video)

Toshkentda tadbirkor taksi xizmati uchun Xitoydan 500 ta elektromobil xarid qilishni rejalashtirmoqda.

Bu mashinalar bir marta zaryad olib, 419 km yurishi mumkin. Agar shahar tashqarisida, trassada bo‘lsa bu ko‘rsatkich 540 kmga teng bo‘ladi.

Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qilishicha, mashinalar ekologik toza bo‘lib, 53 kilovattli akkumulyatorlari bor. 400 kilometrga o‘rtacha 16 ming so‘mlik elektr quvvati sarflanadi.

Avtomobillar narxi 23 ming dollardan 25 ming dollargacha ekanligi aytilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!